«Maksam Chirchiq» AJda vujudga kelgan yongʻin toʻliq bartaraf etildi

Bugun ertalab taxminan 08:30 lar atrofida Chirchiq shahridagi “Maksam Chirchiq” AJga qarashli 5-zavodda yongʻin sodir boʻlgan, uning oqibatida ishlab chiqarish obyektida portlash vujudga kelgan.
Holat tufayli zavodning 2 nafar xodimi jarohatlangan. Ular ayni paytda Chirchiq shahridagi shifoxonada muolaja olishmoqda.
Hodisaning sabab va oqibatlarini atroflicha baholash mutaxassislar tomonidan alohida tekshiruvni talab qilishi tufayli, keyinroq batafsil axborot beriladi.






