Maktab va bog'chalarda qishki ta’tilni uzaytirish vakolati hududiy rahbariyatlarga berildi

O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim tashkilotlarida qishki ta’til davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati hududiy rahbariyatlarga berildi.
Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni tasdiqlandi.
Avvalroq Bright Uzbekistan, OTM, texnikum, kollej, kasb hunar maktablari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich o'quv jarayoni boshlanishi haqida xabar bergan edi.






