Malika savdo majmuasi, Poytaxt biznes markazi, Bildirsoy oromgohi va boshqa davlat aktiviga kiruvchi yirik majmualar sotuvga qo'yilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PF-6167-son Farmoniga muvofiq xususiylashtirilishi belgilangan qator davlat aktivlarini ommaviy savdolarga chiqqanligi haqida Davlat Aktivlarini Boshqarish Agentligi xabar beradi.


Aktivlar ro'yxati:
1) Poytaxt Biznes Majmuasi
2) Ichan Qal’a mehmonxonasi
3) Beldirsoy oromgohi
4) Sijjak dam olish maskani
5) Qizil suv sport sog'lomlashtirish maskani
6) Malika Savdo majmuasi
7) Gazeta ishlab chiqarish majmuasi binosi
8) Sobiq Respublika Birja Markazi


Aktivlarni sotish 2 bosqichdan tashkil topadi:


Birinchi bosqichda talabgorlar saralanadi va hujjatlar to'liqligi tekshiriladi, oldindan to’lov puli kelib tushganligi, davlat aktivlaridan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabga nisbatan talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi ko‘rib chiqiladi;
Ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.