Mamlakatimiz eksport masalalari muhokama etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tashabbusi bilan kator vazirliklar va davlat idoralari,  xalkaro tashkilotlar xamkorligida "O‘zbekiston Respublikasi eksportini yanada rivojlantirish va uni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va eksportni yanada takomillashtirishdagi konunchilik xujjatlari" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmokda.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad sohadagi o‘z yechimini kutayotgan muammolarni atroflicha o‘rganish va hal etishdir. Shu orqali xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash, eksportni tizimli rivojlantirish hamda tashqi savdoning progressiv o‘sishini ta’minlashdir.
Shu kunga qadar valyuta siyosatining erkinlashtirilgani, ma’muriy to‘siqlarning bartaraf etilgani, eksport qilinadigan meva - sabzavot mahsulotlari uchun narxlash mexanizmining shakllangani ushbu yo‘nalishda O‘zbekistonga nakd sarmoya kirishini yana jadallashishiga sabab bo‘ldi. 
Birok, pandemiyaning jahon iktisodiyotiga o‘ta salbiy ta’siri sababli, bugun ko‘plab mamlakatlar o‘z milliy mahsulotlari bozorini yo‘qotib qo‘ydi.  
Xalqaro mutaxassislar 2021 yil iste’mol bozori uchun ishlab chikaruvchi mamlakatlar orasida katta raqobat va kurashlarga boy bo‘lishi hakida taxmin qilmoqdalar.
Ana shunday vaziyatda yurtimiz eksport salohiyatini oshirish, undagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, qonunchilik xujjatlarini yanada soddalashtirish, ya’ni mukammallashtirish yechimini kutayotgan katta masalalardan biridir.
Davra suhbatida shu kabi sohaga oid dolzarb masalalar atroflicha muhokama etilib, muammolar yechimi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.