Mamlakatimiz va YeTTB oʼrtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari koʼrib chiqilmoqda

"Koʼksaroy" qarorgohida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi hamda YeI va Markaziy Osiyo oʼrtasidagi oʼzaro bogʼliqlik boʼyicha Samarqand konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashdi.

Mamlakatimiz va YeTTB oʼrtasidagi hamkorlikning joriy holati va samarali sheriklikni kengaytirish istiqbollari koʼrib chiqilmoqda.

YeTTBning davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilish borasidagi tajriba va bilimlaridan foydalanish, sogʼliqni saqlash, taʼlim va uy-joy kommunal xoʼjalik sohalarida yangi DXSh loyihalarini tayyorlash masalalari muhokama qilinmoqda.