Mamlakatimizda 2021-yilda 10 mingdan ziyod avtohalokat sodir etilib, 9 mingdan ortiq fuqaro jarohatlandi

Prezident raisligida videoselektor yigʼilishi bo’lib o’tmoqda.

“Bugun oʼta muhim va kechiktirib boʼlmas masalani muhokama qilamiz. Bu – yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash. Mamlakatimizda 2021-yilda 10 mingdan ziyod avtohalokat sodir etilib, ularda 9 mingdan ortiq fuqaro jarohatlandi. Eng achinarlisi, 2,5 mingga yaqin odam, shu jumladan 263 nafar bola halok boʼlgani katta fojeadir”, dedi davlatimiz rahbari.

Oʼlim bilan bogʼliq avtohalokatlar Toshkent viloyatida har 100 ming aholiga 21 ta, Jizzaxda – 16 ta, Sirdaryoda – 15 ta, Navoiy va Samarqandda – 14 tadan, Qashqadaryo va Namanganda– 13 tani tashkil etib, boshqa hududlardan ancha yuqori.

Masalan, Popdan Toʼraqoʼrgʼongacha boʼlgan 4R-112 yoʼlining 88-kilometri, “Termiz-Dushanbe” (M-41) xalqaro yoʼlining Jarqoʼrgʼon-Denov qismi (80-kilometri), А-373-yoʼlining Yozyovon tumanidan oʼtgan 352-kilometri, Samarqand-Gʼuzor yoʼlining (А-378) 85-kilometrida har yili oʼnlab odamlar halok boʼlmoqda.