Mamlakatimizda ekologik holatni yaxshilash va muhofazasini qilish

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi sohadagi muammolarni aniqlab ularga yechim topishga bag‘ishlandi.
"So‘nggi 4 yilda sanoat korxonalari 2 baravarga ortib, shaharlarda chang-gaz miqdori me’yordan 4 baravar oshgan. Atmosferaga tashlanmalarning 90 foizi Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Navoiy, Buxoro, Chirchiq, Angren, Olmaliq, Bekobod, Guliston va Nukus shaharlariga to‘g‘ri keladi", - deya ta’kidlandi.
Yurtimizda yashil hudular 3-4 baravar kamayib ketayotgani, yer osti va usti suv sathining keskin pasayishi, maishiy chiqindilar oshib borayotgani va ularni boshqarish to'liq yo'lga qo'yilmagani ekologik vaziyatga salbiy ta'sir ko'rsatayotgani ham qayd etildi.
Shu va boshqa muammolardan kelib chiqib Prezidentimiz quyidagi vazifalarni belgilab berdilar:
- 2022 yil bahorga qadar magistral yo'llarda 910 ming dona chinor, eman, jiyda terak va boshqa daraxtlar ekish;
- yil yakuniga qadar shaharlar va tumanlar markazida 16 mln dona mevali, manzarali va buta ko'chatlarini ekish;
- aholi xonadonlari, tadbirkorlik ob’ektlari hududi atrofida 42 million dona tut, yong‘oq, jiyda ekish;
- dala maydonlari va kanallar bo‘yida 53 million dona tut, jiyda, manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekish;
- o‘rmon xo‘jaliklari hududlarida 3 million dona tut ko‘chati ekish;
- Mudofaa vazirligi tasarufidagi muassasalarda, shu jumladan Chorvoq suv ombori hamda Krasnogorsk shaharchasi atrofidagi o‘rmon hududlarida 500 ming dona manzarali, mevali va buta ko‘chatlarini ekish;
- ikki oy muddatda shaharlar va tumanlar markazlaridagi 4,5 ming kilometr ichki irrigatsiya tarmoqlarini faoliyatini tiklash.






