Markaziy caylov komissiyasining navbatdagi majlisi

2021 yil 11 sentabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Komissiya Raisi Z.Nizamxodjayev olib bordi.

Majlis kun tartibidan Qodirov Alisher Keldiyevichni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olish, Oblomuradov Narzullo Naimovichni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olish, Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning guvohnomasi tavsifi va namunasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasining guvohnoma (mandat)lar uchun muhri namunasini tasdiqlash masalalari joy oldi.

Komissiya a’zolari dastlab O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish masalalarini ko‘rib chiqishdi.

Majlisda xar ikkala partiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari qonun talablariga mosligi inobatga olinib, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Qodirov Alisher Keldiyevich hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Oblomuradov Narzullo Naimovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar etib ro‘yxatga olindi.

Majlisda Komissiya a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasining guvohnoma (mandat)lar uchun muhri namunasi ham tasdiqlandi.

Majlis so‘ngida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarorlari qabul qilindi.