Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning

BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan tashabbusini amalga oshirish maqsadida 2021 yil 14-16 sentabr kunlari Xiva shahrida YUNESKO shafeligida “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro madaniyat forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Xalqaro forumda dunyoning 60 dan ortiq mamlakatidan 500 dan ziyod mehmonlar ishtirok etmoqda. Jumladan, YUNЕSKO, ICOMOS, ISSROM, TURKSOY kabi xalqaro tashkilot mutasaddilari, xorijiy davlatlardan martabali mehmonlar, ekspertlar, mahalliy madaniy meros, ilm-fan, san’at va boshqa sohalardagi ekspertlar hamda OAVlari vakillari tashrif buyurishdi.

Ma’lumot o‘rnida keltirish lozimki, ushbu Xalqaro maslahat Kengashining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi bilan YUNESKO o‘rtasidagi madaniy merosni muhofaza qilish, saqlash, ommalashtirish va undan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga, mamlakatning madaniy merosini YUNESKOning jahon merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlashga qaratilgan.

Shuningdek, Forum doirasida “Ichan qal’a” qo‘riqxonasi muzeyida “Xiva – Turkiy madaniyat poytaxti” deb nomlangan konsert dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “Nurullaboy” majmuasida rasmiy qabul doirasida konsert dasturi tashkil etildi.