Markaziy Osiyo metall bozori xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshladi

Bugun Toshkentda “Markaziy Osiyo metall bozori” xalqaro konferensiyasi o’tkazilib, unda metallurgiya, metall savdo va sanoat kompaniyalarining 100 ga yaqin vakillari shu o’rinda, “Uzmetallsavdo” aksiyadorlik jamiyati ham bosh hamkor sifatida ishtirok etmoqda.
Birinchi sessiya doirasida jahon va Markaziy Osiyo mamlakatlarida, xususan, metallurgiyani rivojlantirish tendentsiyalari ko‘rib chiqilib, 2022-2023-yillar davomida sifati yuqori bo’lgan metall mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishning muhim tamoyillari muhokama etilmoqda.
Shuningdek, konferensiya ishtirokchilari Markaziy Osiyoda metall bozorini rivojlantirishning joriy tendentsiyalari va istiqbollarini hamda metallurgiya, metall savdosi va metallni qayta ishlash sohasidagi investitsiya loyihalarini muhokama qiladilar.
Tadbirning yakuniy qismi Rossiya metallurgiya va metall savdo kompaniyalarining Markaziy Osiyo bozori uchun imkoniyatlariga bag‘ishlanadi.
Bundan tashqari, konferensiya ishtirokchilarining Toshkent metallurgiya kombinati, shuningdek, “Uzmetallsavdo” va “Metal profil” aksiyadorlik jamiyati obyektlariga tashrifi ham rejalashtirilgan.
Ma'lumot o'rnida, 1938-yilda o’z faoliyatini boshlagan Uzmetallsavdo kompaniyasining asosiy faoliyati O‘zbekiston Respublikasining eng muhim obyektlarini qurilish jarayonida, milliy iqtisodiyotning mashinasozlik, energetika, neft-gaz, kimyo sanoati kabi tarmoqlaridagi ishlab chiqarish korxonalariga, hamda, kichik va o'rta biznes ehtiyojlari uchun keng turdagi qora metall mahsulotlarini yetkazib berishdan iborat.






