“Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyot uchun samarali boshqaruv” xalqaro konferensiyasi

Joriy yilning 24-25-may kunlari Jahon banki O‘zbekiston Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, shuningdek Moliya vazirligi bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyot uchun samarali boshqaruv” mavzusida ikki kunlik yuqori darajadagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Tadbir Buyuk Britaniya Hamdo‘stlik va xalqaro rivojlanish masalalari bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligining moliyaviy ko‘magi bilan tashkil etilgan . Konferensiya ishida Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan ekspertlar qatnashdi. Tadbir ishtirokchilari turli sohalarda davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda zamonaviy ma’lumot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tajribani o‘rganishdi.

Konferensiya doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlarida “Iqtisodiy taraqqiyot uchun samarali boshqaruv” (Effective Governance for Economic Development (EGED)) nomli yangi dasturga rasman start berildi. Dastur Jahon banki va ACTED xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan Buyuk Britaniya hukumatining moliyaviy ko‘magi asosida amalga oshirilmoqda.

Undan ko‘zlangan maqsad – Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston va O‘zbekiston mamlakatlari iqtisodiy siyosatining shaffofligi va samaradorligini oshirishdir. Dastur doirasida yuqorida qayd etilgan davlatlar hukumatlariga sifatli ma’lumotlarni olish, ulardan davlat siyosatini ishlab chiqish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda foydalanish, idoralararo koordinatsiya hamda fuqarolarni tinglash mexanizmlarini takomillashtirish masalalarida ko‘mak berildi.