Markaziy Osiyodagi eng yirik ShES uchun Xitoydan uskunalar olib kelinmoqda

BААning “Masdar” hamda Xitoyning “Goldwind” kompaniyasi Navoiy viloyati Tomdi tumanida qurilayotgan shamol elektr stantsiyasi uchun 111 dona turbina yetkazib berish boʼyicha kelishuvga erishgan. Shunga koʼra, Xitoyning Lanjou shahridan Oʼzbekistonda qurilayotgan ShES uchun shamol generator va turbinalari maxsus transport vositalari orqali olib kelinmoqda.
Mazkur elektr stansiya 2023-yil yakunida ishga tushiriladi va u Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stantsiyasi boʼlishi kutilmoqda.
ShES toʼliq ishga tushirilgach, yiliga 1 mlrd 800 mln kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida bir yilda 540 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi va atmosferaga 720 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.






