Markaziy saylov komissiyasida jurnalistlar uchun qanday sharoitlar yaratilgan?

Saylov muhim siyosiy jarayon bo'lib, bu jarayonda ommaviy axborot vositalari muhim o'rin tutadi. Fuqarolar saylovning har bir bosqichini kuzatib borishi, ularda faol ishtirok etish uchun muhimdir. "Bright Uzbekistan" jamoasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida jurnalistlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yoritib beradi.

Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida quyidagi shartlar va qulayliklarni ko'rishimiz mumkin:

Matbuot markazi jurnalistlarning o'z materiallarida ustida bemalol va muammosiz ishlashi uchun kompyuter texnikasi bilan to'liq jihozlangan.

Matbuot markazida yuqori tezlikda Wi-Fi mavjud, bu jurnalistlarning tezkor ishlashi uchun juda muhimdir.

Matbuot markazida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bufet mavjud. Ushbu imkoniyatdan matbuot markaziga kelgan har bir jurnalist foydalanishi mumkin.

Bundan tashqari, tadbirda saylov kampaniyasining imidji - saylov logotipi taqdimoti bo'lib o'tdi va unga tafsif berildi.

Logotip yaratishda jahon tajribasi va uchta asosiy jihatlar qo'llanildi:

muayyan sana (saylov kuni);
barcha uchun bir xilda tushunarli ramz;
davlat bayrog'ining rangi.