Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi

2021 yil 6 sentabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Komissiya Raisi Z.Nizamxodjayev olib bordi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish hamda Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Markaziy saylov komissiyasi a’zolari majlis kun tartibidagi birinchi masala - Prezidenti saylovida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi MSK qaroriga muvofiq DIIHB YEXHTdan 9 nafar xalqaro kuzatuvchi ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shuningdek, majlisda ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi MSK qaroriga muvofiq 25 nafar mahalliy OAV vakili ro‘yxatdan o‘tkazildi. Qayd etish joiz, shu kunga qadar akkreditatsiyadan o‘tkazilgan mahalliy OAV vakillari soni 802 nafarni, xorijiy OAV vakillari soni 48 nafarni tashkil etmoqda.
Majlis so‘ngida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarorlari qabul qilindi






