Marmara dengizining sathi 15-20 metrga qisqardi

Turkiya OAV dushanba kuni Avjilar hududida dengiz sathi taxminan 15-20 metrga qisqarib, qirg’oq yaqinidagi toshlar ochiq turgani aks etgan dron tasvirlarini e’lon qildi.
Qandilli rasadxonasi olimlari ushbu tabiat hodisasini bosimning o'zgarishi tufayli yuzaga kelganini qayd etib, Turkiyadagi seysmik faollik va zilzilalar bilan hech qanday bog’liqlik yo’qligini ma’lum qilgan.






