Marriott Rossiyani tark etmoqda

Marriott mehmonxonalar tarmog‘i o’zining 25 yillik faoliyatidan so‘ng Rossiyani tark etishini e’lon qildi. Bu qarorga kelishiga sabab sifatida G’arbning Rossiyaga qo’llayotgan sanksiyalari ishlashga imkon bermayotganini aytib o’tdi.

Kompaniya Moskvadagi ofisini yopdi. U Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi ortidan mart oyida mamlakatga sarmoya kiritishni to’xtatib qo’ygan edi.

Biroq Marriotning mamlakatdagi 22 ta mehmonxonasi uchinchi shaxslarga tegishli va ular faoliyatini to’xtatganicha yo’q.