Martin Chungong: «O’zbekiston Gender tengligi masalalari bo’yicha o’rtacha ko’rsatgichdan oshib o’tib bugun 32 foizga yetdi»

Xalqaro forumning birinchi ish kuni tartibidan o’rin olgan, ilk sessiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatasining ham deputat va spikerlari nutqi barobarida, xalqaro ekspertlarning jahon hamjamiyatida «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda Parlamentlararo global hamkorlik» masalalarini muhokama etish, mavjud kamchilik va muammonlarni birgalikda, o’zaro muvaffaqiyatli tajribalarni amalga oshirgan holda yangi ijobiy ko’rsatgichga olib chiqish borasida turli fikrlar berildi.

Jumladan, xalqaro forumning asosiy 17 ta vazifasidan O’zbekistonda faol ravishda 16 tasi bo’yicha katta ishlar olib borilayotgani, ayniqsa, qisqa muddat ichida ta’lim, ayollar huquqi, gender munosabatlari, sud-huquq tizimining takomillashtirish bo’yicha ijobiy natijalarga erishilayotgani haqida to’xtalib o’tildi.    

Birinchi sessiya yakunida, Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Kamalovna Narbayeva hamda Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong OAV vakillari uchun maxsus tashkil etilgan brifingda ishtirok etishdi hamda ushbu ikki kunlik xalqaro forumdan kutilayotgan ijobiy natijalar, yechimini kutayotgan masalalar borasida so’zlab o’tdilar. 

Bundan tashqari, o’z nutqida Martin Chungong O’zbekistonning gender munosabatlari hamda ayollarni mamlakatning ijtimoiy va siyosiy hayotida tobora o’rni ortib borayotgani haqida alohida e’tirof etdi.