Mask Twitter tasdiqlangan akkauntlar uchun oyiga 8 dollardan to'lov olishini taklif qildi

Twitterning yangi egasi Ilon Mask foydalanuvchilarga o'z akkauntlarida ko'k tasdiqlash bayroqchlarini olish imkonini beruvchi obuna uchun oyiga 8 dollarlik to’lov undirlishi mumkinligi ma’lum qildi.
Bir qator tvitlarida u Twitter Blue deb nomlanuvchi Twitter obuna xizmati javoblar, eslatmalar va qidiruv natijalarida ustuvorlik hamda uzun video va audiokliplarni joylashtirish imkoniyati kabi boshqa funksiyalarni ham o‘z ichiga olishini qo‘shimcha qildi.
Shuningdek, The Verge hisobotida Twitter obuna xizmati uchun ko'proq haq olishni o'ylayotgani haqida xabar berilgan. Xabarda aytilishicha, Twitter yangi Twitter Blue obunasi uchun 20 dollar to'lashni rejalashtirmoqda va agar ular to'lamasa, ko'k belgilar foydalanuvchilardan olib qo'yiladi. Xabarga ko'ra, foydalanuvchilarga ko'k belgilari olib qo'yilishidan oldin 90 kunlik obuna beriladi. Loyihada ishlaydigan xodimlarga o'zgarishlarni amalga oshirish uchun 7-noyabrgacha vaqt berildi.






