Maxsus komissiya qarori: xodimlari kamida 2 doza vaksina olmagan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati to‘xtatiladi

10-avgustdan boshlab umumiy ovqatlanish ob’ektlarining xodimlari emlangan taqdirda, ularga cheklovsiz ishlashga ruxsat beriladi.

Maxsus Respublika komissiyasi qaroriga binoan 10 avgustdan
umumiy ovqatlanish ob’ektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarning ishchi va xodimlari (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qat’i nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to‘g‘risidagi sertifikati bo‘lgan taqdirda, ularga nisbatan soat 8:00 dan 20:00 gacha hamda faqat ochiq havoda faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq karantin cheklovlari tatbiq etilmasligi belgilandi.

Shu bilan birga, 1 oktabrdan boshlab tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish sub’ektlarining ishchi va xodimlari koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qat’i nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to‘g‘risidagi sertifikati bo‘lmagan taqdirda, ularning faoliyat ko‘rsatishi vaqtinchalik to‘xtatiladi.