May oyida inflyatsiya darajasi 1 foizga oshgan

Prezident Shavkat Mirziyoуev raisligida aholini oziq-ovqat, jumladan, chorvachilik va parrandachilik mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʼilishi bo’lib o’tmoqda.

“Dunyoda kun sayin oziq-ovqat bilan bogʼliq cheklovlar va narxlarning oʼsishi kuchaymoqda. Аlbatta, bu bizga ham taʼsir koʼrsatmoqda.

Lekin, hamma viloyat, tuman va shahar hokimlari ham dunyoda boʼlayotgan vaziyatni baholab, ishini toʼgʼri tashkil qilayotgani yoʼq. Buni bozorlarimizdagi narx-navo koʼrsatib turibdi.

Jumladan, may oyida inflyatsiya darajasi 1 foizga oshib, bu oʼtgan yilga nisbatan yuqori boʼldi.

Аlbatta, narx-navoning oʼsishiga jahon bozorlarida bugʼdoy narxi 50 foizga, oʼsimlik yogʼi – 33 foizga, shakar – 14 foizga, neft – 47 foizga oshgani bevosita taʼsir koʼrsatmoqda.

Bunday sharoitda hokimlar barcha ichki imkoniyatlarni safarbar etib, bozorlarni mahsulotlar, eng muhimi – oziq-ovqat bilan toʼldirish uchun ikki karra koʼproq ishlashlari shart.

Lekin, koʼp hokimlar narx-navoga eʼtibor qilmasdan, jilovni qoʼlidan chiqarib yuborgan”, dedi Prezident yigʼilishda.

Uch kun muddatda barcha mahalla va qishloqlarda asosiy mahsulotlar bilan taʼminlash darajasini oʼrganib, kerak boʼlsa, boshqa hududlardan tezkorlik bilan yetkazib berish vazifasi qoʼyildi.