Maymun chechagi bilan kasallanganlar soni 6 mingdan oshgani aytilmoqda

Dunyoning 58 ta mamlakatida olti mingdan ziyod kishida maymun chechagi infeksiyasi aniqlangan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi shu oyda kasallanishning tarqalishiga qarshi ko‘riladigan choralar bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish uchun majlis o‘tkazishni rejalashtirgan, deb xabar tarqatdi tashkilot bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.

"Maymun chechagiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u hali ham tez tarqalishi bilan xavotir uyg‘otmoqda. Dunyo bo‘yicha hozirda 58 ta mamlakatda 6 mingdan ziyod bemor aniqlandi", - dedi JSST rahbari chorshanba kuni tashkil qilingan brifingda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa hamon kasallik o‘chog‘i bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, maymun chechagi Afrikaning infeksiya shu vaqtgacha yetib bormagan mamlakatlarida ham aniqlanmoqda.

Tashkilot bosh direktorining ma’lum qilishicha, shu oyda JSSTning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi majlisini qaytadan chaqirish rejalashtirilgan.