Maymunchechak 12 davlatda qayd etildi

Dunyo bo’ylab 12 ta davlatda, shu jumladan AQShda ham maymunchechakning 100 dan ortiq tasdiqlangan yoki shubhali holatlari qayd etilgan.

Shanba holatiga ko'ra, 12 mamlakatda 92 tasdiqlangan va 28 shubhali maymunchechak holati qayd etildi, deya xabar beradi JSST.

JSST xabariga ko’ra, kasallanish holati Avstraliya, Belgiya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Gollandiya, Portugaliya, Ispaniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya va Qo'shma Shtatlarda aniqlangan.

"Ammo bu virus bizga tanish, unga qarshi vaksina va davo bor. Virus SARS-CoV-2 dan farqli ravishda tarqaladi", deya yakshanba kuni doktor Ashish Jha ABC muxbiriga intervyu berdi.