McDonald's Rossiyadagi yangi logotipini taqdim etdi

Rossiyada McDonald's nomi bilan mashhur bo'lgan fast food tarmog'i yakshanbadan boshlab restoranlarini qayta ochishga tayyorgarlik ko'rayotganligi sababli o'zining yangi logotipini namoyish etdi.

Yangi brendda aylana va ikkita chiziq mavjud bo‘lib, ular burger va ikkita kartoshka frini ifodalaydi.

Xabarlarga ko'ra, bir qator variantlar ko'rib chiqilgan bo'lsa-da, kompaniya yangi nomini oshkor qilganicha yo’q.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yangi logotip hali ham “M” harfiga o‘xshashligini aytib o’tdilar.

Boshqalarning fikricha, yangi logotip Bangladesh bayrog'idan ilhomlangan holda yaratilgan. U ham to'q yashil fon va yangi logotipdagiga o’xshash qizil doiraga ega.

Xabar qilinishicha, ko'rib chiqilayotgan yangi nomlar orasida "Tot Samiy" va "Svobodnaya kassa" variantlari bor.

Ma’lumot uchun, fast food giganti 1990-yil yanvar oyida Moskvada o'zining birinchi rus restoranini ochgan edi.