MDH davlatlari umumiy mehnat bozorini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratishni rejalashtirmoqda

MDHga a'zo davlatlar MDH ishtirokchi mamlakatlari aholisini ish bilan ta'minlashga ko'maklashish sohasidagi hamkorlik to'g'risidagi yangi Bitimni imzoladilar.


O'zbekiston delegatsiyasi ishtirokidagi Minskda bo'lib o'tgan MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig'ilishida MDHga a'zo davlatlar aholisini ish bilan ta'minlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha yangi chora-tadbirlar muhokama qilindi. Imzolangan bitim yagona mehnat bozorini shakllantirish va ishchi kuchining katta migratsiyasi sharoitida ayniqsa dolzarbdir. Hamdo'stlik makonida jami 125 millionga yaqin fuqaro ish bilan ta'minlangan. Pandemiyaga qadar har yili MDH davlatlari o'rtasida 2 milliondan ortiq ishchilar yoki ish bilan band bo'lganlarning 1,5 foizi ko'chib yurgan. Yangi kelishuv MDH mamlakatlaridagi mehnat migratsiyasini pandemiyadan oldingi, yanada qulay sharoitlarga ega bo’lgan darajaga qaytarishga tayyorgarlik ko'rish imkoniyatini beradi.

Bitim doirasida Hamdo'stlik mamlakatlari uchun 10 ta muhim yo'nalishda hamkorlik qilishni nazarda tutiladi:

- umumiy mehnat bozorini shakllantirish uchun sharoit yaratish;

- ish bilan ta'minlash samaradorligini oshirish;

- mehnat muhojirlarining moslashuvi, ularga tilni, tarix va madaniyat asoslarini hamda bandlik holati qonunlarini o'rgatish;

- qisqa amaliyotga yo'naltirilgan o'quv dasturlarini amalga oshirish;

- mehnat bozorida fuqarolarning zaif toifalari uchun ish bilan ta'minlash imkoniyatlarini kengaytirish;

- mehnat mobilligini oshirish;

- axborot tizimlarini rivojlantirish va birlashtirish;

- norasmiy ish bilan bandlikni kamaytirish;

- xodimlarni jalb qilishning uyushgan tizimini rivojlantirish;

- noqonuniy mehnat faoliyati va noqonuniy mehnat migratsiyasiga qarshi kurash.

Maslahat kengashi a'zolarining tashabbusi bilan maxsus tuzilgan Davlatlararo ishchi guruh shaklida joriy yilning avgust oyida ushbu hujjatlarni yangilash va ishlab chiqish bo'yicha birinchi yig'ilishni o'tkazish rejalashtirilgan.