MDH Parlamentlararo Аssambleyasining kuzatuvchilari oʼz faoliyatini boshladi

Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan, Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligi ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Аssambleyasining uzoq muddatli kuzatuvchilari mamlakatimizga tashrif buyurdi.
6 oktyabrь kuni Markaziy saylov komissiyasida Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligi ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Аssambleyasi
(MDH PА) Kengashi Kotibiyati raisi oʼrinbosari – MDH PА ishtirokchi-davlatlarida demokratiyaning rivojlanishi, parlamentarizm va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish xalqaro instituti (DPRXI) direktori I.Mushket boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
MDH PА kuzatuvchilari guruhiga Tojikiston Respublikasi Majlisi namoyandagon Majlisi Oli raisi birinchi oʼrinbosari Maxmadali Vatanzoda boshchilik qilishi maʼlum qilindi. MDH PА kuzatuvchilari oʼz faoliyati davomida Toshkent shahri va viloyatlarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatadi va monitoring olib boradi.
Kuzatuvchilarga saylovga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek, saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda qatnashish huquqi berildi.
Malumot uchun: MDH PА kuzatuvchilar guruhi MDH saylovlarni kuzatish missiyasi tarkibiga kiradi. Shu bilan birga guruhning saylovlarni kuzatish bilan bogʼliq faoliyati MDH PАga aʼzo davlatlarda demokratiya, parlamentarizmning rivojlanishi va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish xalqaro instituti (DPRXI) tomonidan muvofiqlashtiriladi. Bugunga qadar MSK tomonidan 69 nafar MDH PА Kengashi Kotiyabiyati hamda DPRXI vakillari xalqaro kuzatuvchi sifatida akkreditatsiya qilingan.






