MDH saylovlarni kuzatish missiyasi oʼz faoliyatini boshladi

Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (MSK) taklifiga binoan, Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligining (MDH) Ijroiya qoʼmitasi raisi birinchi oʼrinbosari Leonid Аnfimov boshchiligida MDH saylovlarni kuzatish missiyasining uzoq muddatli kuzatuvchilari mamlakatimizga tashrif buyurdi.

29-sentyabr kuni MSKda Kuzatuvchilar missiyasi aʼzolari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Missiya oʼz faoliyati davomida saylov jarayoni borishi haqida materiallarni toʼplash va tahlil qilish, saylov qonunchiligini huquqiy ekspertizadan oʼtkazish va televizion dasturlar hamda bosma ommaviy axborot vositalarida chiqayotgan saylovga oid materiallarni monitoring qilish, nomzodlarning saylov shtablarida uchrashuvlar oʼtkazish bilan shugʼullanadi.

Shu kunga qadar MSK 112 nafar xalqaro kuzatuvchini roʼyxatdan oʼtkazdi.