"Mehrigiyo" oilaviy korxonasi

Davom etayotgan infotur doirasida ishtirokchilar Uchko‘prik tumanidagi «Mehrigiyo» oilaviy korxonasida bo‘ldilar.

Namangan viloyati hududida 24 gektardan iborat bo‘lgan plantatsiyada lavanda, rozmarin, noyob turdagi atirgullar, banan, kivi, kofe daraxtlari yetishtirilmoqda. Plantatsiya va issiqxonalarda tibbiy maqsadda turli preparatlar, choylar va parfyumeriya vositalari tayyorlanmoqda. 200 dan ortiq asalari qutilarida lavandaga to‘yingan asal olinadi.

Endilikda "Mehrigiyo" brendi ostida mahsulotlar Rossiya va qo‘shni mamlakatlar bozorlarida xaridorgir. Bu yildan boshlab AQSH va Saudiya Arabistoni bilan ham shartnoma imzolandi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, oilaviy korxonada doimimy 180 ishchi ish bilan ta’minlangan. Mavsumga qarab yana 150dan 300 nafargacha ishchi-xodim ish bilan band bo‘ladi.

Ushbu maskan delegatsiya a’ozalarida katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zaro suhbatlarda bu yerda yetishtirilayotgan mahsulotlarning yana ko‘plab xususiyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.