Meksikaning sobiq Prezidenti vafot etdi

1970-1976-yillar Meksika Prezidenti boʼlgan Luis Echeverriya Аlvares 100 yoshida hayotdan koʼz yumdi.

Bu xabarni mamlakatning amaldagi yetakchisi Аndres Manuel Lopes Obrador ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida oshkor qilgan.

"Meksika hukumati nomidan olti yil davomida - 1970-yildan 1976-yilgacha Meksika Prezidenti lavozimida ishlagan Luis Echeverriya Аlvaresning oilasi, doʼstlariga chuqur hamdardlik bildiraman", - deb yozgan Lopes Obrador.

OАV xabariga koʼra, siyosatchi Morelos shtati Kuernavaka shahrida, oʼz uyida jon bergan. Hodisa sababi haqida ma'lumot berilmagan.