Mercedes 2030-yilgacha to‘liq elektromobil ishlab chiqara boshlaydi

 
Mercedes 2030-yilga borib ichki yonuv dvigatellarida mashinalar ishlab chiqarishni tark etib, butunlay elektromobillar ishlab chiqara boshlaydi.
 
Bu haqda mashhur brendga egalik qiluvchi Daimler kompaniyasining relizida so'z boradi.
 
2025-yildan boshlab Mercedesning barcha modellari elektr energiyasida ishlaydigan bo‘ladi. Biroq keyingi besh yil davomida kompaniya zavodlari ichki yonish dvigatellari bilan jihozlangan eski modellarni ishlab chiqarishni ham davom ettiradi.
 
Shuningdek, kompaniya dunyo bo‘yicha elektromobillar uchun batareyalar ishlab chiqaradigan sakkizta yangi zavod qurishni va zaryadlovchi stansiyalarining global tarmog‘ini yaratishni rejalashtirmoqda. Ushbu maqsadlar uchun Mercedes 40 milliard yevro ajratgan.