Merkel Ukrainani NATOga qabul qilmaslik haqidagi qarorini to‘g‘ri deb hisoblaydi

Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel Ukrainaning 2008-yilda NATOga kirishini qo'llab-quvvatlamaslik qarorini to'g'ri deb hisoblaydi.
Bu haqda 4-aprel kuni DPA nemis axborot agentligiga sobiq hukumat rahbarining vakili ma'lum qildi.
DPA nemis axborot agentligining taʼkidlashicha, Germaniyaning oʻsha vaqtdagi sobiq kansleri va Fransiyaning oʻsha vaqtdagi prezidenti Nikolya Sarkozi Ukrainaning NATOga qabul qilinishiga toʻsqinlik qilgan.
Shuningdek, “Sobiq kansler Angela Merkel NATOning 2008-yilda Buxarestda boʻlib oʻtgan sammiti bilan bogʻliq qarorlarini qoʻllab-quvvatlaydi”, deyiladi bayonotda.






