Metro tezligi 25 km/soat ga tushirildi

Chorshanba kuni tushdan keyin havo harorati yuqori bo'lgani sababli Toshkent metropolitenining Xalqa yo'li (Qo'yliq) liniyasi va Chilonzor liniyasining Sergeli yo'nalishlari poezdlar harakati tezligi soatiga 25 km ga tushirildi.
Chilonzor liniyasining yer osti qismida poyezdlarning bir tekis harakatlanishi uchun tezlik 40 km/soat bilan cheklangan.
Metro matbuot xizmati xabar berishicha, relslar va ularning metall qismlari 65 darajaga qadar qizigan.






