Microsoft xodimlari cheksiz ta’til olish huquqiga ega bo’ladi

CBC xabariga ko’ra, Microsoft kompaniyasi AQSHdagi xodimlariga istalgan muddatgacha ta’til olishga ruxsat beradi. Qayd etilishicha, bu kompaniyaning yangi DTO “Discretionary Time Off” qoidalaridan kelib chiqadi. Qoidalar bugun, 16-yanvardan kuchga kiradi.

Ma’lumotlarga ko’ra, yangi yondashuv soatbay ishlovchi va AQShda bo’lmagan xodimlarga taalluqli emas. Kompaniya saytida keltirilishicha, Microsoftda AQSHda 122 ming va dunyoning qolgan qismida 99 ming kishi ishlaydi.