Milliy gvardiya xodimlari bir qator holatlarda fuqarolar avtomobilidan foydalanish huquqiga ega

Vazirlar Mahkamasi favqulodda holatlarda fuqarolar va davlat idoralari tomonidan transport vositasidan majburiy foydalanish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqladi.

Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan Milliy gvardiya xodimlari quyidagi hollarda majburan foydalanishi mumkin:
- shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiy muassasalarga yetkazib berishda;
- jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ta'qib qilish va ularni huquqni muhofaza qilish organlariga yetkazish;
- voqea sodir bo'lgan joyiga borish.

Bunday hollarda haydovchilar Milliy gvardiya ofitserining transport vositasini majburan ishlatish talabini bajarishi shart.

Milliy gvardiya xodimi transport vositasini majburan ishlatgan taqdirda, avtomobil egasiga shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi shart.

Avtomobil egasi Milliy gvardiya xodimining iltimosini qondirmaslikka haqli, agar Milliy gvardiya xodimi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilmagan bo'lsa.