Mirziyoyev Matviyenkoni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Valentina Matviyenkoni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik hamda baxt-saodat tiladi.
Shuningdek, ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi, shu jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi sermahsul hamkorlik jadallashib borayotgani, O‘zbekiston-Rossiya do‘stlik va keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.






