Moderna vaksinasi respublikamizga yetkazib berildi

AQSh hukumati tomonidan COVAX dasturi orqali berilgan 3 million dozalik Moderna vaksinasi O'zbekistonga 30-iyulga o'tar kechasi yetkazildi.
Vaksinalar Alabama shtatidan maxsus reys bilan Toshkentga keltirildi.
Shunisi e'tiborga loyiqki, Modernaning vaksinasi koronavirus bilan kasallanishdan 90% himoya qiladi. Mazkur vaksina bilan emlangan odamlarda koronavirusga chalinish ehtimoli bor. Ammo ularda kasallik yengil kechadi.






