Mogilevdagi «Yashil elchi» forumi Belarus, Rossiya, Oʻzbekiston va Serbiya yoshlarini birlashtirdi

Mogilevning Belarus-Rossiya universitetida Belarus, Rossiya, Oʻzbekiston va Serbiya bolalar va oʻsmirlar klublari hamda uyushmalari oʻrtasidagi aloqalarni o’rnatish, rivojlantirish hamda mustahkamlash maqsadida “Yashil elchi” xalqaro forumi tashkil etildi.
Forum birinchi marta o‘tkazilmayotgan bo’lsada, Belarus tomoni uni ilk bor tashkillashtirdi. Mogilevda uch mamlakat maktab o'quvchilari yig'ildi va Serbiya bolalari videokonferensiya orqali muloqotga qo'shildi. Tantanali ochilishdan so‘ng “Kelajak diplomati – u kim va nima uchun” sessiyasi, “Diplomat karerasini rivojlantirish. Diplomatik xizmatning xususiyatlari” mavzusida trening o‘tkaziladi.
Diplomatik madaniyatni shakllantirish boʻyicha “Kelajak diplomatlari” mintaqalararo bolalar jamoat harakati rahbari, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Rossiya diplomatlari assotsiatsiyasi raisi oʻrinbosari Valeriy Egoshkin ushbu forumning ahamiyatini taʼkidladi. "Bu ikki tomonlama forum emasligidan xursandman. Yigitlar diplomatiya nima ekanligini tushunishlari, o'zlarining kuchli tomonlari va imkoniyatlarini baholashlari muhim. Kim biladi deysiz, hozirgi ishtirokchilar orasida o'z mamlakatlarini vakillik qilishda davom etadigan diplomatlar ham bordir. Muhimi, biz ularni birgalikda tarbiyalashimiz va an’anaviy diplomatiyamizga xos bo‘lgan tamoyillarga asoslanishimizdir”,- deya ta’kidladi u.
Toshkentlik Sofiya Aslanova ham forum ishtirokchisi bo‘ldi. Maktab o'quvchisi do'stlikning yoshi bo'lmasligiga amin. "Yoshimizga qarashning hojati yo'q, biz ham rivojlanyapmiz, muloqot qilamiz. Do'stlik hammaga kerak. Bunday forumlar yaxshi hayotiy tajriba beradi. Biz allaqachon tanisha boshlaganmiz. O'ylaymanki, biz aloqalar almashamiz va muloqotni davom ettiramiz", - dedi u.






