Mojaroning davom etishi hech bir tomonga foyda keltirmaydi. Urushda g'olib bo'lmaydi – Rejep Tayyip Erdog‘an

Erdog‘on Istanbulda bo‘lib o‘tayotgan Rossiya-Ukraina muzokaralari ishtirokchilariga murojaat qildi.

Bugun, 29-mart kuni Rossiya-Ukraina muzokaralari Usmonli sultonlarining so‘nggi qarorgohi Bo‘g‘oz sohilidagi Dolmabaxche saroyida bo‘lib o‘tmoqda, unda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Rossiya va Ukraina delegatsiyalariga shaxsan murojaat qildi.

Erdog‘anning ta'kidlashicha, Turkiya mintaqada ko’plab muammolarni boshidan kechirgan davlat sifatida Qora dengiz shimolidagi fojiali vaziyatning oldini olish uchun qo’lidan kelgan barcha ishni qildi va qilishda davom etmoqda.

Prezidentning soʻzlariga koʻra, Anqara barcha xalqaro platformalarda har ikki tomonning (Rossiya va Ukraina) manfaatlari, huquqlari va pozitsiyalarini hisobga olishga intilib, adolatli pozitsiyani egallaydi.

"Mojaroning davom etishi hech bir tomonga foyda keltirmaydi. Urushda g'olib bo'lmaydi", dedi Erdo'g'an o'z murojaatida.

Shuningdek, Turkiya rahbari Anqara Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik dasturini ilgari surish uchun munosib hissa qo‘shishga tayyorligini ta’kidladi.

Ma'lum qilinishicha, Istanbuldagi Dolmabaxche saroyida bo'lib o'tadigan Rossiya-Ukraina muzokaralari matbuotga yopiq holda o’tkazilmoqda va u ikki kun davom etadi.