Monopoliya, uy-joy narxlari va tergov qo‘mitasi. Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduxalimov yana nimani o‘zgartirmoqchi?

"Adolat" partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Bahrom Abduxalimov saylovoldi dasturini e’lon qildi.
Partiyaning shiori - "Adolat - hayotimizning asosiy mezoni".
Nomzodning dasturiga ko‘ra, monopoliyaga barham beriladi.
Baxrom Abduxalimov o‘z nutqida uy-joy narxi pasaytirishni taklif qildi.
"Biz aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini munitsipal uylar bilan ta’minlaymiz", – dedi prezidentlikka nomzod.
Bundan tashqari, Abduxalimov sifat nazorati tizimini joriy etishga va’da berdi. Partiya mahsulot sifatini qattiq nazoratga oladi, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish va narxini sun’iy ravishda oshirishga qaratilgan harakatlar uchun kuchaytirilgan jazo choralarini qo‘llaniladi.
Ta’lim sohasida ham islohotlar amalga oshiriladi. Oliy ma’lumotli odamlar soni bo‘yicha mamlakat darajasini ko‘tarish maqsadida oliy o‘quv yurtlariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich oshirish chora -tadbirlari amalga oshiriladi.
Uning partiyasi maktabgacha, davlat, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarini yagona muassasa - Ta’lim vazirligiga aylantiriladi.
Dastlabki tergov organlarining bo‘linishi natijasida inson huquqlari buzilishi holatlarini bartaraf etish, uning ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida nomzod mamlakatning yagona tergov organi - Tergov qo‘mitasini tuzishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, u byudjetga soliq tushumlari sxemasini o‘zgartirmoqchi.






