Moskvada O'zbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlarining majlisi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 22-iyun kuni Moskvada O'zbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi, deya xabar beradi O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.

Hukumatlar rahbarlarining so'zlariga ko'ra, o'zaro savdo o'sishi yil boshidan buyon ta'minlandi. Xususan, joriy yilda savdo aylanmasi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga o'sdi.

Tadbirda ikki mamlakatning sarmoyaviy loyihalari muhokama qilindi. Rossiya kompaniyalari va banklarining investitsiyalari O'zbekistonning eng istiqbolli tarmoqlariga - neft-gaz sohasi, tog‘-kon, energetika, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik va boshqa sohalarga yo‘naltiriladi.

Uchrashuv yakunida o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan 10 dan ortiq hujjatlar imzolandi.

Ta'kidlash joizki, O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda, ayniqsa savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport va madaniy-gumanitar sohalarda.