Moskvada O‘zbekistonning ShHTga raisligining ustuvor yo‘nalishlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida "O‘zbekiston Respublikasining ShHTga raisligining ustuvor yo‘nalishlari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, diplomatik korpus, ommaviy axborot vositalari va ekspertlar ishtirok etdi.
Uchrashuv qatnashchilari Prezident Shavkat Mirziyoyevning Dushanbedagi ShHT sammitidagi nutqining asosiy qoidalari, shuningdek, ushbu asosiy ma’ruzadan kelib chiqqan holda, tashkilotga raislik qilishning ustuvor vazifalari va faoliyati bilan tanishdilar.
O‘zbekistonning ShHT ishlari bo‘yicha milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov tadbirda nutq so‘zlab, respublika rahbariyatining tashqi siyosati pragmatizm, konstruktivlik va tashabbuskorlik tamoyillariga asoslanganligini ta'kidladi.






