Moskvadagi baland shovqinli mashinalar jarimaga tortiladi

Moskvada tungi sukunatni buzadigan avtoulovlarni aniqlash uchun birinchi shovqin-aniqlovchi kamera o'rnatildi. Ushbu taklif ilgari Sobyanin tomonidan bildirilgan.
"Kommersant" gazetasining xabariga ko'ra, qurilma sinov rejimida Chistye Prudov hududida o'rnatildi, uning aholisi mashinalarni baland shovqinidan shikoyat qilganlar.
Moskva hokimi Sergey Sobyanin avval ham kechqurun tinchlikni buzgan haydovchilarni javobgarligini kuchaytirishni taklif bergan. Uning so'zlariga ko'ra, " ahloqsiz" haydovchilar tun bo'yi baland ovozda musiqa bilan avtomashinalar va mototsikllarni haydashadi va buni oldini olish to'g'risida bir necha marta choralar ko'rishimizni so'rashgan".
Sobyanin Moskva shahar Dumasiga 5000 rubldagi o'lchamida tinchlikni buzganlik uchun asosiy jarimani belgilaydigan qaror loyihasini taqdim etdi, uning hajmi shovqin kuchiga qarab ortadi. Hujjat shuningdek, modifikatsiyalangan glushitel bilan mashinalar va mototsikllardan foydalanishni taqiqlashni va shovqin kameralari bilan avtomatik ravishda tinchlikbuzarlarni aniqlab olishni taklif qiladi.






