MSKning navbatdagi yig‘ilishida qator masalalar ko‘rib chiqildi

2021-yil 30-sentyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Unda, nogironligi boʼlgan shaxslarning saylov huquqlarini taʼminlashga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisidagi masala koʼrib chiqildi.
Junladan, Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret namunasi va tavsifi tasdiqlandi.
Shuningdek, majlisda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʼi saylovni oʼtkazish davrida okrug va uchastka saylov komissiyalari joylashgan bino va xonalarni oʼz vaqtida dezinfektsiya qilinadi, shuningdek, ularda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar oʼtkaziladi deb axborot berdi.
Komissiya aʼzolari tomonidan Prezident saylovida xorijiy kuzatuvchilarni hamda OAV vakillarini akkreditatsiyadan oʼtkazish masalalari ham koʼrib chiqildi.
Qayd etilganidek, xorijiy kuzatuvchilar umumiy soni 159 nafarni tashkil etmoqda.
Saylovda akkreditatsiyadan oʼtkazilgan mahalliy OАV vakillari jami 1253 nafar, xorijiy OAV vakillari esa 48 nafarni tashkil etmoqda.
Majlis davomida Samarqand, Fargʼona va Xorazm saylov okruglari raislarining saylovga tayyorgarlik koʼrish boʼyicha hisobotlari tinglandi.






