Nasos stansiyalari xususiy sheriklikka beriladi

Endi nasos stansiyalari xususiy sheriklikka berilib, ularda muqobil energiya manbalari joriy qilinadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-aprel kuni boʻlib oʻtgan yig‘ilishda shunday koʻrsatma berdi.
Yigʻilishda taʼkidlanishicha, bugungi kunda uzoq dalalarga suv nasos stansiyalari yordamida yetkaziladi. Ularning aksariyati eskiligi tufayli elektr energiyasi iste’moli juda yuqori. Hali birorta ham yirik nasos stansiyasi muqobil energiya manbaiga o‘tkazilmagan. Shartlar aniq belgilanmagani sababli ko‘p tadbirkorlarning loyihalari to‘xtab turibdi, byudjetdan elektr uchun katta mablag‘lar sarflanayapti.
Shuning uchun, nasos stansiyalarini xususiy sheriklikka berish, ularda muqobil energiya manbalarini joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Bunga Toshkent Irrigatsiya instituti olimlari jalb qilinishi, samarali loyihalarga qulay shartlarda kredit berilishi aytildi.






