NATO bosh kotibi Ukrainaga bordi

Bugun, 20-aprel kuni NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg e’lon qilinmagan norasmiy tashrif bilan Ukrainaga keldi. Bu haqda Financial Times xabar berdi. Mazkur tashrif Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlangandan beri ilk marta amalga oshirilmoqda.
Stoltenberg safari chogʻida Kiyev markazidagi joylashgan urushda qurbon boʻlgan askarlar yodgorligini ziyorat qildi. Shuningdek, u Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va boshqa rasmiylar bilan uchrashdi.
“Yens Stoltenbergning ushbu tashrifi keng ko'lamli urush boshlangandan beri birinchisi bo’ldi. Biz buni alyans Ukraina bilan munosabatlarda yangi sahifani - ambitsiyali qarorlar sahifasini boshlashga tayyor ekanligidan dalolat sifatida talqin qilamiz”, dedi Zelenskiy.
Nashrga koʻra, tashrif Gʻarbning Kiyevga harbiy yordamini muvofiqlashtirish bo‘yicha Germaniyadagi yig‘ilishidan bir kun oldin sodir bo‘lmoqda, bu yigʻilishda Stoltenberg ittifoqchilarni qurol-yarog‘ yetkazib berishni tezlashtirishga undashi kutilmoqda.
“Ukrainani qo'llab-quvvatlash bizning xavfsizlik manfaatimizdir. Chunki agar [Rossiya] gʻalaba qozonsa Prezident Putin bu dunyoni yanada xavf ostiga qoʻyadi”, degan edi Stoltenberg jurnalistlar bilan boʻlgan uchrashuvda.






