NATOning tezkor kuchlari 2023-yilda 300 mingga yetkaziladi

NATOning shoshilinch taʼsir ko‘rsatish kuchlari soni 2023-yilda 40 mingdan 300 minggacha oshiriladi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg maʼlum qildi.

“Oshiriladigan kuchlar soniga kelsak, ular keyingi yilga tayyor bo‘ladi. Ushbu kuchlar NATO davlatlari tomonidan moliyalashtiriladi. Ular o‘z davlatlari hududida joylashadi, ammo aniq bir hududning himoyasi uchun tayyor turadi”, - degan bosh kotib.

Bundan tashqari, alyansning sharqiy qanotida ko‘plab og‘ir texnika va qurol-yarog‘ omborlari joylashtiriladi.