Navoiy viloyatida hududlarni rivojlantirishning 8 yo'nalishi bo'yicha vazifalar belgilab olindi

25-26 iyun kunlari Sardor Umurzakov boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatiga tashrif buyurib, mintaqaning sanoat sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni kuzatib bordi.

Tashrif davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 8 yo‘nalishlarida jumladan, investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi va agrosanoat sohasini rivojlantirish, ijtimoiy infratuzilmani takomillashtirish, raqamlashtirish, axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirish va innovatsiyalarni joriy etish, turizmni rivojlantirish, mehnat bozori va mehnat migratsiyasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar va birinchi darajali ishlar belgilandi.

Navoiy viloyatining 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan hududiy investitsiya dasturi ijrosining borishi o‘rganildi. Dastur jami 22,3 trln so‘mlik 883 ta loyihani o‘z ichiga oladi va ularning amalga oshirilishi natijasida 15,6 mingdan ko‘proq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Ishchi guruh ichki bozorda, asosan, import hisobiga talabi qondirilayotgan mahsulotlar ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb etishni jadallashtirishning ahamiyati orqali muammoni hal etish yo'lini ko'rib chiqmoqda.