Nazarboyev O'zbekistonni Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishga chaqirdi

Bu haqda Qozog'istonning birinchi prezidenti Nur-sultonda, Mishustin bilan uchrashuvda gapirdi.

"Ushbu tashkilotning faxriy raisi sifatida men buni kuzatyapman va bu tashkilotni mustahkamlashimiz kerak, boshqalar bu yerda bo'lishi kerak, qo'shnilarimiz... O'zbekiston, Tojikiston — Turkmaniston bilan ham ishlashimiz kerak", — dedi Nazarboyev.

Bugungi kunda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi a'zolari - Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog'iston va Qirg'iziston. O'zbekiston o'tgan yilning dekabr oyida kuzatuvchi maqomiga ega bo'ldi. Xuddi shunday maqomda Moldova va Kuba bor.