Neft va gaz sohasida klaster tashkil qilinadi

“Neft va gaz sohasida ta'lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Neft va gaz sohasidagi ta'lim-ishlab chiqarish klasteri tashkil etildi.
Neft va gaz sohasida ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning o'zaro integratsiyasini ta'minlash ta'lim klasterining asosiy faoliyat yo'nalishlaridan hisoblanadi.
Ta'lim klasteri doirasida:
maktab o'quvchilarini ishlab chiqarish korxonalari uchunustuvor kasblarga yo'naltirish maqsadida:
aniq va tabiiy fanlar bo'yicha ixtisoslashtirilgan o'quv rejasi joriy qilinadi;
ishlab chiqarish tashkilotlari tomonidan maktab o'quvchilari uchun ekskursiyalar hamda soha faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi;
professional va oliy ta'lim tashkilotlarining o'quv jarayonini ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan integratsiya qilish yo'nalishida:
fan va mavzular amaliyotga
yo'naltiriladi;
talabalarda mustaqil ta'lim olish ko'nikmalari shakllantiriladi;
xorijiy tillarda o'qitiladigan mutaxassislik fanlari ulushi oshiriladi.






