Nega UzAutoMotors o‘z Gentra'larini un zavodida saqlamoqchi?

Internetda Chevrolet Lacetti avtomobillari Don ombori tomon harakatlanayotgani to‘g‘risida video tarqaldi. Bunga UzAutoMotors izoh berdi.

2021-yilning 14-oktyabrida telegram kanallarning birida bir nechta avtokonteynerlarda ortilgan Chevrolet Lacetti avtomobillari Don ombori tomon yo’naltirilgan video tarqaldi.

Avtokompaniya matbuot xizmati ushbu voqeaga rasmiy izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, haqiqatdan ham avtomobillar un zavodining omboriga olib ketilgan.

UzAutoMotors izohiga ko‘ra, kompaniya kuniga 250-300 dona Chevrolet Lacetti avtomobilini ishlab chiqaradi. Ushbu avtomobillarni yarimo’tkazgich detalining yo’qligi sababli o’z egalariga topshirilmayapti.

Ta’kidlanishicha, avtomobillar tayyor, ammo birgina detalning yo’qligi qaysidir tizimning ishlamasligiga sabab bo’ladi. Masalan – xavfsizlik yostiqchalari. “UzAuto Motors” ushbu detalni olishi bilanoq uni avtomobillarga o’rnatadi va xaridorga topshiradi.

Zavodda tayyor mahsulotlarga ajratilgan joy to’lgani bois, avtomobillar o‘zaro shartnoma “O’zdonmahsulot” hududida vaqtincha saqlanadi.