Netflix o'z ilovasini Rossiyadagi App Store va Google Playdan olib tashladi

Amerikaning Netflix striming xizmati Rossiyadagi App Store va Google Playdan o‘z ilovasini olib tashladi.

6-mart kuni Netflix Rossiyadagi faoliyatini toʻxtatganini eʼlon qildi. Bundan tashqari, kompaniya Rossiyaning original loyihalari ustida ishlashni to'xtatdi. Bu qaror Ukrainada 24-fevraldan buyon davom etayotgan harbiy amaliyotlar fonida qabul qilingan.

Amerikaning TechCrunch resursi Sensor Tower tadqiqoti natijalariga tayanib, 24-fevraldan beri App Storening ruscha bo‘limidan iPhone va iPad uchun 6982 ta ilova olib tashlanganini ma’lum qildi.

Xususan, ichimliklar ishlab chiqaruvchi Coca-Cola, kiyim-kechak brendi H&M, shuningdek, NFL, NBA, WWE, Eurosport kanallari sport assotsiatsiyalari o'z dasturlarini olib tashladilar.